Dori izlab

0
163
marta koʻrilgan.

Texas shtatining Ostin shahrida bir oila yashaydi. U Jon Smit, uning xotini, oʻzi, ularning An ismli besh yashar qizi va qizning ota-onasidan iborat. Shahar aholi roʻyxati boʻyicha ular olti jon, aslida esa uch kishi. Bir kuni kechki ovqatdan soʻng Anning ichi sanchib ogʻriy boshladi. Jon Smit dori topib kelish uchun shaharga shoshib joʻnadi, ammo negadir tezda qaytib kelmadi.

Qizcha sogʻaydi, vaqti kelib boʻy yetdi.

Ona erining yoʻqolib ketganidan qattiq iztirob chekdi. Nihoyat, qayta turmushga chiqqaniga uch oy toʻlgach, San Antonio shahriga koʻchib ketdi. An ham turmush qildi, qizlik boʻldi, yillar oʻtib, qizi besh yoshga kirdi. An hamon kindik qoni tomgan – otasi chiqib ketgan va qaytib kelmagan uyda istiqomat qilardi. Jon Smit bedarak yoʻqolganiga yigirma bir yil toʻlgan kuni kechqurun qizchasining ichi sanchib ogʻrib qoldi.

– Shaharga tushib, ichogʻruv dori olib kelaman, – dedi Anning eri Jon Smit.

– Yoʻq, yoʻq, Jon, azizim, – dedi yigʻlab xotini.

– Siz ham otam kabi bedarak ketasiz, qaytishni unutasiz.

Jon Smit noiloj xotinining gapiga koʻndi – doriga bormadi. Eru xotin yagona zuryodlari boʻlmish Pansining yuziga termulib oʻtirishdi. Pansining ahvoli ogʻirlashdi. Jon Smit dori izlab shaharga borish uchun taraddud koʻra boshladi. Lekin yana xotini koʻnmadi.

Shu payt eshik toʻsatdan ochildi. Oppoq soqolli nuroniy chol xonaga kirib keldi.

– Salom, bobojon! – dedi Pansi unga peshvoz chiqib.

Bobo Pansini koʻtarib yuzlaridan oʻpdi-da, choʻntagidan bir shisha dori chiqarib qizchaga bir qoshiq ichirdi. Pansi tyozda oʻzini yaxshi his qila boshladi. Ichogʻrigʻi qoldi.

– Ozgina kechikdim, chogʻi, – dedi Jon Smit ayb-dordek iljayib.

– Tramvay kutib qolib ketdim.

 

Oʻroq RAVSHANOV tarjimasi

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.