“Boshqalarning ogʻizlarini berkitolmasang, unda oʻzingning quloqlaringni berkit!”

0
109
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Agar senga nisbatan hasad qiluvchi odam boʻlmasa, demak, sen muvaffaqiyatsiz kishi ekansan.

Muhammad Shaʼroviy rahimahulloh

*****

Boshqalarning ogʻizlarini berkitolmasang, unda oʻzingning quloqlaringni berkit!

“Fikr durdonalari”

*****

Agar ular devor ustida ketayotgan chumolini koʻrib qolsalar, u yoʻlini oʻzgartirishi uchun oʻsha yerga barmoqlarini qoʻyib turadilar. Ana shunday kimsalardan seni oʻz holingga qoʻyishlarini kutyapsanmi?

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Qurol qoʻrqoqlarining qoʻlida, mol-pul oʻgʻrilarining qoʻlida, qalam-ruchka munofiqlarining qoʻlida boʻladigan xalqda yaxshilik yoʻq.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Bir kishi oʻzining koʻrinishi, kiyimlarining bejirimligi bilan maqtandi. Shunda Suqrot: “Gapirchi, shunda qandayligingni bilaman” dedi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Yaxshilik qil! Kuni kelib qilgan yaxshiliging senga oʻzing kutmagan tomondan qaytadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Vafo – oldingda qilinayotgan ish bilan emas, balki ortingdan nimalar sodir boʻlishi bilan oʻlchanadi.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

*****

Agar ogʻriqni his qilsang, demak, tiriksan. Agar boshqalarning ham ogʻriqlarini his qilsang, demak, insonsan.

“Tarix muhrlagan soʻzlar”

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.