“Borligingda seni qadrlamaydigan insonga yoʻqliging ogʻriqli boʻlmaydi”

0
56
marta koʻrilgan.

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Barcha ishlar selfi qilinyapti. Ibodat qilish, ovqatlanish, soqol qoʻyish, soqol olish, oilasi bilan oʻtirish, ulfatlar bilan oʻtirish, bozorda yurish, aeroportda yurish, paxta dalasida yurish…

 

*****

ISTIGʻFOR (ASTAGʻFIRULLOH)

Insonlarning gultoji, Paygʻambarlarning imomi, oldingi va keyingi gunohlari kechirilgan zot kuniga yuz marta istigʻfor aytganlaridan keyin men kim boʻlibmanki, istigʻfor aytmasam!

Nimamga kerilaman?!

Qaysi gunohlarim kechirilgani xabar qilindi?!

Shunday ekan, kuniga yuz marta emas, besh yuz marta, ming marta istigʻfor aytishim kerak!

*****

Chuqur yerda suv koʻproq oʻrnashganidek, ilm talabida tavozeʼli kishida ilm koʻproq oʻrnashadi.

«Al-kalimut toyyib»

*****

Taslim boʻlay-boʻlay deganingda, bankrot boʻlib, muvaffaqiyatsizlikka uchrashingni koʻrish orzusida turganlar ham borligini esla!

«Tarix muhrlagan soʻzlar»

 

*****

Qalbingni uch oʻrinda qidir:

  1. Qurʼon tinglayotganingda.
  2. Zikr majlislarida.
  3. Xoli qolgan paytlaringda.

Agar ushbu oʻrinlarda qalbingni topmasang, Allohdan senga qalb ato etishini soʻra! Chunki, senda qalb yoʻq ekan.

«Al-kalimut toyyib»

*****

Solih moʻminning qoʻlidagi solih mol

Ishning koʻzini biladigan, tadbirkor, halol, taqvoli, puldor, birovga muhtoj boʻlmaydigan, faqir dindoshlariga moddiy koʻmak beradigan, ayniqsa, mahalladoshlarining mehrini qozongan, musulmonlar uchun ish oʻrinlari hosil qilishga intiladigan, yangiliklar, qulayliklar hosil qilishga urinadigan musulmon qandoq yaxshi!

*****

Borligingda seni qadrlamaydigan insonga yoʻqliging ogʻriqli boʻlmaydi.

«Tarix muhrlagan soʻzlar»

*****

Qanoat va tamaʼ boylik va faqirlik demakdir. Koʻp faqirlar bor, sendan boyroqdir. Koʻp boylar bor, sendan faqirroqdir.

Mustafo Siboiy

*****

Yomon xulq koʻplab yaxshiliklarni yopib turganidek, goʻzal xulq koʻplab yomonliklarni yopib turadi.

Mustafo Siboiy

*****

Gap dori kabidir.

Agar uni ozaytirilsa, foyda beradi.

Agar uni koʻpaytirib yuborilsa, oʻldiradi.

Amr ibn Oss roziyallohu anhu

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.