“Aytmagan soʻzimga oʻzim hokim…”

0
159
marta koʻrilgan.

Toʻrt podshodan toʻrt hikmatli soʻz qolmish, goʻyo turt kamondan chiqqan toʻrt oʻq fazoga yoʻl olmish.

Xusrav demish: “Aytmagan soʻzdan hech pushaymon boʻlmadim, koʻp soʻzlar borki aytganimdan pushaymon boʻldim va xafalikdan naq oʻlmadim”.

 

Soʻz aytib pushaymon yegandan koʻra,

Unsiz oʻltirmoqlik yuz karra afzal.

Siringni aytmasang, pushaymonlik yoʻq,

Aytganlar pushaymon boʻlar koʻp mahal.

 

Qaysar demish: “Aytilmagan soʻz ustida qudratim, aygilgandan koʻproq, yani aytmagan soʻzimni xohlagan paytimda aytishim mumkin, aytgan soʻzimni esa qayta yashirish imkoni yoʻq”.

 

Oshkor qilmoq lozim boʻlmagan soʻzni,

Hushyorlarga soʻzlama oson.

Soʻzlamaganingni soʻzlay olursan,

Aytgach, qaytarmoqqa topilmas imkon.

 

Chin hoqoni shu maʼnoda demish: “Koʻpincha aytib parishon boʻlmoq aytmay pinhon tutmoqdan qiyinroq boʻladi”.

 

Qanday sir boʻlmasin koʻnglingda pinhon,

Tez va osonlikcha aylama bayon.

Oshkor etib soʻngra chekma nadomat,

Pinhon tutgil, mayli boʻlsa alomat.

 

Hind Maliki demish: “Har soʻzki tilimdan uchdi hukmronlik unga koʻchdi, aytmagan soʻzimga esa oʻzim hokim, qachon xohlasam shunda aytgum”.

 

Donolar nazdida aytgan, aytmagan,

Soʻz maʼnosi ushbu masalga koʻchgan:

Har ikkisi oʻqdir, biri sadoqda,

Biri esa endi kamondan uchgan.

 

Abdurahmon JOMIY

 

“Bahoriston” dan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.