Axloq

0
203
marta koʻrilgan.

Men bu asari nochizonimni birinchi maktablarimizning yuqori sinflarida taʼlim bermak ila barobar ulugʻ adabiyot muhiblari, axloq havaskorlarining anzori oliylarina taqdim qildim.

 

Har kun oʻluram shomgʻacha men gʻamga giriftor,

Har shab yonaram otasha parvona kabi zor.

Hech kimsa emas bu meni ahvolima voqif,

Men xastayamu millatim oʻlmish nega bemor.

Noshiri va shoiri Abdulla Avloniy

 

2-tabʼi, sana 1336 h./1917 m. Toshkent,

Tip. Lit. “Par. Sots. revolyus” 1917g.


 

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

AXLOQ

 

Insonlarni yaxshilikgʻa chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Axloq ilmini oʻqub, bilub amal qilgan kishilar oʻzining kim ekanin, janobi Haq na uchun xalq qilganin, yer yuzida nima ish qilmak uchun yurganin bilur. Bir kishi oʻzidan xabardor boʻlmasa, ilmni, ulamoni, yaxshi kishilarni, yaxshi narsalarni, yaxshi ishlarning qadrini, qimmatini bilmas. Oʻz aybini bilub, iqror qilub tuzatmakgʻa saʼy va koʻshish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: “Mezon tarozusiga qoʻyiladurgan amallarning ichida yaxshi xulqdan ogʻirroqi yoʻqdur. Moʻmin banda yaxshi xulqi sababli kechasi uxlamasdan, kunduzlari roʻza tutub ibodat qilgan kishilar darajasiga yetar”, – demishlar.

 

Soʻylasang soʻyla yaxshi soʻzlardan,

Yoʻqsa jim turmoqing erur yaxshi.

Oʻylasang yaxshi fikrlar oʻyla,

Yoʻqsa gung boʻlmoqing erur yaxshi.

Ishlasang ishla yaxshi ishlarni,

Yoʻqsa bekorligʻing erur yaxshi.

 

Abdulla AVLONIY

 

“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.