Aradus shohi

0
64
marta koʻrilgan.

Jubron Xalil JUBRON

 

Bir kun Aradus shahrining keksalari sharobni va boshqa mast qilguvchi ichimliklarni isteʼmol qilishni shahar hududida taqiqlash haqida farmon berishni soʻrab, shoh huzurida hozir boʻldilar. Shoh esa, kulganicha ularga yelka oʻgirdi. Keksalarning ensasi qotib shoh huzuridan tashqariga chiqdilar. Ular saroy darvozasi poyida shohning bosh maslahatchisini uchratib qolishdi. Maslahatchi keksalarning xafaligini koʻrib, darrov gap nimadaligini angladi va ularga qarata shunday dedi:

– Agar sizlar shohga badmast holda uchraganingizda edi, u albatta iltimosingizni bajargan boʻlardi.

 

Baxtiyor SALOMOV tarjimasi

 

“Ijod olami”, 2017–6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.