“Zamonamiz qahramoni” haqida

0
2371
marta koʻrilgan.

Roman beshta qissalardan iborat: “Bela”, “Maksim Maksimich”, “Knyajna Meri”, “Taman”, “Fatalist”.

Asar qissalarining joylashishi muallif – hikoyachi bilan emas, balkim qahramon bilan bogʻliq. Muallif yoʻlda ketayotib, Maksim Maksimich bilan uchrashadi va muallifga Bela va Pechorin haqida gapirib beradi.

Avtorning qoʻliga M. Maksimich orqali Pechorinning kundaligi kelib tushadi. Oʻquvchi asarning boshidayoq qahramonning oʻlimi haqida oʻqiydi. Asardagi voqealar liniyasi esa quyidagicha boshlanadi. Peterburgdan Kavkazga ketayotib Pechorin Tamanda toʻxtab oʻtadi. Bu yerda harbiy ekspeditsiyada qatnashgandan soʻng Patigorskga, keyin Kislovodskga boradi va oʻsha shaharlarda yashaydi. Shu orada u Grishitskiy bilan urushib qoladi va Grishitskiyni duelda oʻldirib qoʻyadi. Shu qilmishi uchun uni Maksim Maksimich boshchilik qilayotgan qalʼaga joʻnatishadi.

Qalʼada xizmat qilib yurgan chogʻida u 2 haftaga kazaklar yashaydigan stanitsaga keladi va Vulich bilan uchrashadi.

M. Maksimich 5 yil birga xizmat qilib, istefoga chiqadi, bir qancha vaqt Peterburgda yashab Eronga sayohatga keta turib yoʻl ustida Vladi – Kavkazda M. Maksimich bilan uchrashadi. Erondan qayta turib yoʻlda halok boʻladi.

Lermontovga ana shunday oʻzgarib turuvchanlik asarga baxshida etishi Pechorin shaxsiyatini yanada murakkablashtiradi va romantik xususiyat kasb etadi.

Asar markazida – Pechorin turadi. Pechorinni esa Bela, Maksim Maksimich singari atrof-muhit va jamiyat unchalik taʼsir oʻtkazmagan oddiy va tabiiy shaxslar oʻrab turadi. Pechorin ulardan aslzoda nasabi, tarbiyasi va shaxsiy ulugʻvorligi bilan yuqori turadi. Vaqti-vaqti bilan Pechorin ularga yaqinlashadi, lekin baʼzida ularga nisbatan qattiqqoʻllik ham qiladi.

Asarda biz Pechorinni tushungan, shunga oʻxshash ikkita obrazni koʻramiz. Bular: doktor Verner bilan Vera.

Pechorin – bu Lermontovning adabiyotdagi oʻzining ikkinchi “men” degan shaxsiyatidir. Lermontov rus adabiyotida Pushkin asos solgan “ortiqcha odamlar” tipini mazkur obraz orqali yanada rivojlantirdi.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.