“Urush va Tinchlik” roman-epopeyasi haqida

0
2596
marta koʻrilgan.

L. Tolstoy bu asarni yozishdan oldin dekabristlar va dekabrizm haqida yozmoqchi edi. Uni tarixiy shaxs tipi qiziqtirardi. Buning 2 tomoni bor edi.

a) dekabrizmga bevosita 1812 yil Vatan urushining aloqadorligi;

b) 60-yillar revolyusiya harakatining natijasizligi sabablari.

L. Tolstoy asarni yaratish jarayonida F. L. Glinkaning “Borodino jangi ocherklar”, D. Davidovning “1812 yil partizanlik harakati haqida xotiralar”, A. Tyerning “Imperiya va konsullik tarixi” va shular kabi tarixiy va hujjatli adabiyotlar bilan tanishadi. Shuningdek, Borodino maydoniga boradi. Bu yerda u qaysi tomondan fransuzlar kelgan, qayerda Bagration fleshlari turgan, qayerda Rayevskiyning batareyasi joylashgan edi, qayerda qattiq qonli janglar boʻlgan hamma-hammasini tasavvur qilib koʻradi.

Roman-epopeyada 550 dan ortiq obrazlar mavjud boʻlib, shulardan 200 ga yaqini tarixiy shaxslar va 20 dan ziyod katta janglar kartinasi chizib berilgan.

Asar boshidagi jamiyatda yashayotgan odamlarning hammasi Yevropada boʻlayotgan voqealarga, Napaleonning armiyasiga oʻz tabaqasidan turib baho berishadi. Lekin shu bilan birga aksariyat aslzodalar Napaleon Rossiyaga qanday xavf solishi mumkinligi haqida ham oʻylashmaydi. Baʼzilar esa tushunishmaydi ham. Buni faqat Andrey Bolnonskiy yaxshi tushunadi.

Romanning asosiy qahramonlari:

a) A. Bolkonskiy – sangvinik, qiziqqon, egotsetrik harakterga ega

b) Pyer Bezuxov – flegmatik, tuygʻularga asoslangan, yuragining amriga boʻysinuvchi aslzoda.

Ikkovi ham oshiq qalbli, sogʻlom fikrlovchi, hayotda oʻz oʻrinlarini izlovchi insonlar. Ularning ikkovini ham birinchi knyaz Andreyga nikohlangan, lekin taqdirning yolgʻonchiligi oqibatida Pyerga turmushga chiqqan Natasha Rostova bogʻlab turadi.

Asarning eng maftunkor obrazlaridan biri bu Natasha Rostovadir. Uning bitta tashqi koʻrinishigina emas, balkim ichki dunyosining goʻzalligi ham, uning atrofdagilarga boʻlgan munosabatining bolalarcha samimiyligi, pokizaligi bevosita oʻquvchida ham unga nisbatan muhabbat uygʻotadi.

A. Bolkonskiy fikricha, har qanday haqiqiy rus kishisi armiya saflarida, harbiy xizmatda, ona vatan himoyasi haqida bosh qotirmogʻi lozim.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.