Tatar adabiyoti

0
318
marta koʻrilgan.

Tatar xalqi Volga daryosi sohillarida yashovchi boshqird, chuvash, mordva, mari va boshqalar orasida eng qadimiy xalqlardan biri hisoblanadi. Uning oʻziga xos milliy madaniyati va adabiyotining ham qadimiy tarixi bor.

Tatar adabiyotining ilk namunalari folklor asarlari shaklida yuzaga keldi. Tatar folklori maqol va hikmatli soʻzlarga boy boʻlib, ularda ruhoniylar va ekspluatatorlarning zulmi va hiyla-nayrangi ayovsiz fosh etilgan.

Tatarlarning IX asrlarda shakllangan qadimgi yozma adabiyoti, asosan, diniy mazmunga ega edi. Bu adabiyotlarning bizgacha yetib kelgan namunalaridan shoir Gʻalining “Yusuf va Zulayho” dostoni (XIII asr), Mahmud Bulgʻoriyning “Nahj-ul farodis” asarini (XIV asr) koʻrsatish mumkin. Shoir Muhammadyorning Qozon xonligi davri (XV asr)da yaratgan “Toʻhfan mardon” va “Nuri Sodur” kitoblarida dunyoviy gʻoyalar ustun turadi.

Tatar adabiyoti uzoq vaqt davomida, hatto XIX asrga qadar, Sharq adabiyoti, xususan, fors va arab adabiyoti taʼsiri ostida taraqqiy etdi. Bu taʼsir tatar yozuvilari asarlarining tematikasida ham, gʻoya va janr xususiyatlarida ham, tasviriy vositalarida ham sezilarli iz qoldirdi. Shoirlardan Gʻali. Muhammadyor, Mavla Qoliy, Utiz Imoniy, Qandoliy, Kurmanshiy va Oqmullalarning ijodi tatar poeziyasining sharq adabiyotiga payvand boʻlganligini koʻrsatadi.

Tatar xalq shoiri va mutafakkiri Abdulla Toʻqay bu poeziyaning yirik vakili edi.

Abdulla Toʻqayning qaynoq adabiy va maʼrifatparvarlik faoliyati oʻz xalqiga xizmas qilish maqsadiga qaratilgan edi. Uning sheʼr, ertak va dostonlarida mazlum tatar mehnatkashlarining orzu-istaklari ifodalanadi.

Tatar adiblari tomnidan yaratilgan eng yaxshi asarlardan “Nomus” (G. Bashirov), “Bahor shabadalari” (K. Najmiy), “Unutilmas yillar”, “Oddiy odamlar” (I. Gʻoziy), “Gʻozinur” (A Absalyamov) romanlari, “Qishloq ustidagi yulduzlar” (F. Husniy), “Rahmat, oʻrtoq” (A. Yenekeev) qissalari; “Sahro qoʻshigʻi” (S. Hakim), “Katta yoʻlda” (S. Battol) poemalari turli tillarga tarjima qilinib, sevib oʻqilmoqda.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.