Tasdir

0
617
marta koʻrilgan.

Tasdir – badiiy sanʼatning eng koʻp tarqalgan, soʻzlar takroriga asoslangan turi. Bu sanʼatning mohiyati shunday: baytni boshlagan soʻz, uning oxirida ham takrorlanadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn (yoki shu ruknning boshlanishi) sadr, keyingi misraning oxirgi rukni (yoki shu ruknning oxiri) esa ajuz deb yuritiladi. Shunga koʻra tasdirni mumtoz badiiylik ilmida r a d d u l – s a d r i i l a l – a j u z (sadrni ajuzda qaytarmoq) deb ham atashadi.

Bir qarashda tasdir juda sodda usul sifatida koʻrinsa-da, shoirlar uni turli maqsadlarda qoʻllar ekan, uning xilma-xil koʻrinishlarini va hatto aytish mumkinki, ancha murakkab turlarini ham kashf etishgan.

Tasdirlar, eng avvalo, tuzilishga koʻra ikki turga boʻlinadi: sodda va murakkab. Sodda tasdirlar birgina soʻzning takrorlanishiga asoslanadi. Sodda tasdirlarning bir necha koʻrinishlari mavjud: tasdir soʻzlar hech qanday oʻzgarishsiz qoʻllanadi, shakl jihatdan ham, maʼno jihatdan ham ayni soʻzning takroridangina iborat boʻladi:

 

Men bu yuz mushtoqidurmen, bogʻ-u boʻstonkim boʻlur,

Boʻlmasin nasrin-u lola, argʻuvon sizsiz m e n g a.

(Atoyi)

 

Tasdir soʻzlar bir xil shaklda qoʻllansa ham, ular mazmunan farq qiladi, yaʼni ular ifodalagan maʼno ayni bir narsani emas, balki boshqa-boshqa tushunchalarni ifodalaydi. Bunday holda tajnis – shakldoshlar yuzaga keladi.

 

 

“Adabiyot” (Boqijon Toʻxliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. Oʻrta taʼlim muassasalarining 10-sinfi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari uchun darslik-majmua. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent–2017) darsligidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.