Tajohil ul-orif

0
556
marta koʻrilgan.

Bu sanʼat mohiyatini bilib bilmaslikka olish tashkil etadi. Adib oʻzi bilgan narsani yana boshqalardan soʻrab turgandek boʻladi.

Atoyining:

 

Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu?

Ogʻiz yo gʻunchai xandonmidur bu?

 

bayti bilan boshlanadigan gʻazali boshdan-oyoq shu sanʼat bilan ziynatlangan.

Lutfiyning quyidagi baytida ham shu sanʼat qoʻllangan:

 

Xoʻblarda seningdek bir mahbub qani nozuk?

Boshdin oyoqi zebo, bel-u badani nozuk.

 

Aslida, bu sheʼr maʼshuqa madhiga bagʻishlangan. Lutfiy “mahbub” ning “xoʻblar” orasidagi eng aʼlo mavqe tutishini biladi. Asl maqsad ham ana shu haqiqatni taʼkidlash. Bu maqsadga erishish uchun esa bilmaslikka olish, bilib turib yana soʻrash usuli qoʻl kelgan.

 

 

“Adabiyot” (Boqijon Toʻxliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. Oʻrta taʼlim muassasalarining 10-sinfi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari uchun darslik-majmua. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent–2017) darsligidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.