Rus adabiyoti

0
1344
marta koʻrilgan.

Rus adabiyoti tarixi qariyb X asrlik davrni oʻz ichiga qamrab oladi. Slovyanlar qadim-qadim zamonlarda Dunay daryosi boʻylarida yashashgan. Davrlar oʻtishi bilan ular turli tomonlarga tarqashgan va yashayotgan joylarga qarab ular turli guruh, qabila, millatlarga boʻlinib ketishgan.

Shunday qilib slovyanlar uchta guruhga boʻlinishgan:

  1. Gʻarbiy slovyanlar: polyak, chex, slovak va boshqalar.
  2. Janubiy: bolgarlar, xorvatlar, serblar, makedonlar, bosniyaliklar va boshqalar.
  3. Sharqiy slovyanlar: ruslar, beloruslar, ukrainlar.

Ilk rus davlati “Kiyev Rusi” eramizning taxminan X asrlarida vujudga kelgan. Knyaz Oleg xristian dinini rasmiy ravishda qabul qilishi bilan ruslarda yozma adabiyot ham shakllana boshlagan. Qadimgi rus adabiyoti VII asrlik davrnioʻz ichiga qamrab oladi:

  1. Kiyev Rusi adabiyoti (X-XIII asrlar).
  2. Shimoliy-Sharqiy Rusi (Novgorod) davri (XIII-XV asrlar).
  3. Moskva Rusi davri (XVI-XVII asrlar).

Aynan XVII asrga kelib, turli tillardagi maktablarga asos solindi. Oʻqish uchun turli xil bukvarlar, koʻrgazmali oʻquv qurollari yaratildi. 1687 yilda Moskva shahrida Slavyan-Grek-Lotin Akademiyasi ochildi.

Petr I taxtga oʻtirgandan soʻng Rus maʼnaviy ijtimoiy, siyosiy, harbiy hayotida katta oʻzgarishlar yuz beradi. Bu madaniyat va adabiyotning rivojlanishiga katta turtki berdi. Moskva, Peterburg shaharlarida bosmaxonalar qurildi. Gazetalar chop etiladi. Teatr ochilib, turli xil pyesalar qoʻyila boshlandi. Buning oqibatida rus adabiyotiga Gʻarbiy Yevropa adabiyotidan klasitsizm oqimi kirib keldi. Lokk, Montaskye, Labryuer, Audison, Lessagi, Molyer kabi adiblarning asarlari rus tiliga tarjima qilinadi.

Aynan shu davrlarda Antiox Kantemir, Vasiliy Trediayaovskiy, Mixail Lomonosov, A. P. Sumorokov kabi taniqli shoir va adiblar yetishib chiqishdi.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.