“Oʻlik jonlar” asari haqida

0
1336
marta koʻrilgan.

Gogol bu asarini poema deb nomlaydi, chunki bu asarda lirik va epik tur xususiyatlari uchraydi. Muallif har bir sahifada uchraydi va oʻzining fikrlarini, boʻlib oʻtayotgan voqealarga munosabatini bildirib boradi.

Asarning bosh qahramoni Chichikov – rus adabiyotida mavjud boʻlgan qahramonlarning yangi tipi. Bu obraz Rossiyadagi endigina paydo boʻlayotgan burjuaziyaning yangi vakilidir. Uning maqsadi jamiyatning ahvolidan oʻzining kuchi, aqli va uddaburonligi bilan katta pul topishdir. Chichikov asardagi satirik ravishda chizilgan pomeshʼiklardan oʻzining mantiqiy dunyoqarashi bilan dahshatlidir.

Chichikov – bu yirtqich, u hech qanday ahloqiy kodeks yoki prinsiplarga amal qilmaydi, har qanday sotqinlikka tayyor shaxs. Asardagi boshqa pomeshʼiklar tabiatiga xos xususiyatlar uning psixologiyasida ham mujassamlashgan:

Shuning uchun ham Gogol Chichikov obraziga butun boshli XI bobni bagʻishlaydi.

Gogol bu asarida mayda dvoryanlarning oddiy hayotini emas, balki krepostnoy huquqlari yemirilayotgan bir davrdagi Rossiya ijtimoiy hayotining ogʻir ahvolini koʻrsatib bergan.

U oldindan dvoryanlar oʻrniga burjuaziya kelayotganini koʻra oldi. Asarda asosan ahamiyat berish kerak boʻlgan joy – bu kapitan Kopeykin haqidagi hikoyadir.

Asarda muallif rus xalqining potensial imkoniyatlariga optimistik ruhda qaraydi va vaqtlar keladi xalq oʻz imkoniyatlaridan toʻgʻri foydalanadi deb tushunadi. Gogol oʻz asarini “O, Rus, qayoqqa qarab ketyapsan?” degan ramziy savol-chaqiriq bilan tugallaydi.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.