Nizomiy Ganjaviy

0
1546
marta koʻrilgan.

(Taxminan 1141–1202)

 

Buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Ilyos Yusuf oʻgʻli Nizomiy-ganjaviy Ozarbayjonning ganja shahrida hunurmand oilasida tugʻildi. Oʻz davrining ilgʻor kishisi boʻlgan Nizomiy fors va arab tillarini oʻrgandi, astronomiya, matematika, falsafa va meditsina bilan qiziqdi.

Nizomiyning “Xamsa”si uning nomini butun jahonga mashhur qildi.

Oʻttiz ming baytdan tashkil topgan besh dostonni Nizomiy-Ganjaviy qisqa muddat ichida (1179–1200) yillar orasida yaratdi.

Nizomiy-Ganjaviy saroy shoiri emas edi. U shervoniy shahzodalarning taklifini rad etib, oʻz bogʻida ijodiy ish bilan shugʻullandi. Lekin Nizomiy “Mahzan-ul asror” dostonini ham, undan soʻng yaratilgan “Xusrav va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Haft paykar” va “Iskandarnoma” dostonlarini ham shervoniy podsholarning topshirigʻi bilan ijod etdi.

Dostonlardan birining kirish qismida Nizomiy oʻz ona tilisi – ozarbayjon tilini yaxshi bilgani holda fors tilida ijod qilishga kirishayotganligini aytar ekan, bu asarni yozishga undagan hukmdorning istagiga ishora qiladi.

“Xamsa”ga kirgan dostonlarda buyuk shoir oʻzining gumanistik, adolatparvarlik gʻoyalarini olgʻa surdi. Uning fikricha, markazlashgan adolatli davlat mavjud boʻlgandagina xalqning ahvoli yengillashishi mumkin. Shu maqsadda Nizomiy bu dostonlarida adolatli podsho va podshozodalar (Xusrav, Bahrom, Iskandar) obrazlarini yaratishga urindi.

Nizomiy “Mahzan-ul asror”da ham, “Xusrav va Shirin”da ham dehqon va hunarmandlar mehnatini ulugʻladi.

Nizomiy vafotidan soʻng uning “Xamsa”si Sharq adabiyoti taraqqiyotiga kuchli taʼsir qildi. Oʻzbek, tojik, ozarbayjon, turk, turkman shoirlaridan koʻplari “Xamsa” yozishga kirishdilar. Ayniqsa, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylar Nizomiy-Ganjaviy anʼanalarini ijodiy davom ettirib, katta yutuqlarni qoʻlga kiritadilar.

 

Nizomiy Ganjaviy ijodidan:

 

“Xusrav va Shirin”dan

Xusrav Farhod birla munozara qilib, Farhod togʻ qozmoqliqi soʻzi

 

Burun soʻrdi: ne yerliksan tiyu san?

Ayittikim, oshiqlar shahridan man

 

Ayitti: anda ne san(o)at qilurlar?

Ayitti: jon sotib, qazgʻu olurlar.

Ayitti: jonni sotmoqlik xato ul,

Ayitti: ishq yoʻlida ham ravo ul.

 

Ayitti: kertimu oshiq erursan?

Ayitti: bor koʻzung oxir koʻrursan.

 

Ayitti: ne qadar sevdung san oni?

Ayitti: soʻzga sigʻmaz hech bayoni.

 

Ayitti: koʻrdungmi (ul) kuntek jamolin?

Ayittikim: bali koʻrdum xayolin.

 

Ayitti: mihridin boʻlgʻaymusan pok?

Ayittikim: magar boʻlsam oʻlub xok.

 

Ayitti: gar yoʻluqsang koʻrsa seni?

Ayitti: koʻzga surgum tuproqini.

 

Ayitti: gar koʻzungni xasta qilsa?

Ayitti: roziman tek koʻzga ilsa.

 

Ayitti: gar azin er sunsa ilkin?

Ayitti: tilgaman tosh birla boshin.

 

Ayitti: toptung ul yoʻl ul xumoyqa?

Ayittikim: yiroqdin boqgʻu oyqa.

 

Ayitti: gar tilasankin yaroyin.

Ayitti: haqdin izlarman tilorin.

 

Ayitti: gar oʻqisa, qilsa xushnud?

Ayitti: boʻlgʻay erdim barcha maqsud.

 

Ayitti: kes koʻngul, ul doʻstni qoʻygʻil!

Ayitti: doʻstdik kelmaz bu (ish), bilgʻil.

 

Ayitti: bu tamaʼni tutma, xom ul,

Ayitti: onsizin tinchliq harom ul.

 

Ayitti: kel bu ishdin yuv alingni,

Ayitti: soʻzlama koʻp, tiz tilingni.

 

Ayitti: qilmagʻil qoʻy, quri gʻavgʻo,

Ayitti: ne (tak) boʻlur (chun) oʻt tutti qavgʻo.

 

Ayitti: sabr qil, tiz koʻnglung ondin.

Ayittikim: netak sabr etku jondin.

 

Ayitti: sabrsuzluq jahl erur, bil!

Ayitti: sabr qilmoqqa kerak dil.

 

Ayitti: iymonurmisan kishidin?

Ayittikim: magar hajri kishidin.

 

Ayitti: hech kerakmu yor, hamdam?

Ayittikim: boʻlur man boʻlmasam ham.

 

Javoblar esh(i)tu Xusrav boʻldi ojiz,

Ayitti: osgʻi yoʻq ne soʻzlasabiz.

 

Ayitti: Xusrav ushbu tong emazmu,

Soʻz uk(i)madin javobin aytur oshnu?

 

Eshitdingiz ne soʻzlar aymishini,

Munungtek koʻrmadim tillik kishini.

 

Ish oltun birla bilmaz, ne qilayin?

Muni tosh birla oltundek sinayin.

 

Tiyu til ochti soʻzga, qildi bunyod,

Kim e ustod chin farzona Farhod.

 

Bir ulugʻ tosh bor kesmakka dushvor,

Yana kechmakka ayr ot asru emgor.

 

Kerakkim bizga bir yoʻl qazsang andin,

Kim ul boʻlsa borib kelguga oson.

 

Kim ersaning bu ishka ilki ermaz,

Bu ish sendin azining ishi ermaz.

 

Bahaqqi hurmati Shirini xush xu,

Kim ont bilmazman ush hech mundin ezgu.

 

Hojatligʻman, ravo qil ushbu hojat,

Yana bu hojatimgʻa ayma hujjat.

 

Javob aydi: kesayinman teb ul tosh,

Bu ishda qilnoyim, borincha bu bosh.

 

Oʻshul shart uzrakim man ish bitursam,

Malik farmonin oʻrningʻa ketursam.

 

Kerakkim emgakimni shoh bilgay,

Shirinning shakkarin tark qilgʻay.

 

Uqub Xusrav aningtek oʻfkalandi,

Tiladi chopsa boʻyning, qayra yondi.

 

Ayitti (kim) ushbu shartimdin na qazgʻu?

Qatigʻ tosh ul oxir, tuproq emaz bu.

 

Netak qilgay halok tuproq tut oni,

Qazib tuproq toshiga chiqqay joni.

 

Ayitti: shart qildim, qaz oni san,

Bu shartimdin qaytsam ayr emasman.

 

Beling bogʻla, silohingni ol elga,

Bu ishda ardumingni koʻrguz elga.

 

Sevundi, soʻrdi ul Farhod be dil,

Kim ul togʻ qanda teb, e shoh odil?

 

Solib ul togʻni Xusrav aydikim bor.

Kim emdi Bestun teb otayurlor.

 

Bu hukm uzrakim ul tosh erdi xoro,

Qatigʻliki yuzindin oshkoro.

 

Turub Xusrav qatindin chiqdi tark ul,

Ravon boʻldi tushub ul togʻtoba yoʻl.

 

Yelib yeltek ravon ul togʻqa yetti,

Belin bogʻladi isteʼdodin etti.

 

Ush andin teshasin ilka olib tez,

Suratlar yoʻndi shakli shohu Shabdiz.

 

Yana bir kursi yoʻndi qayra toshdin,

Oʻshul kursi uzra Shirin shaklin.

 

Qilib koʻrgazdi ul tosh uzra sanʼat,

Taʼlim emgandi, qildi koʻrkli surat.

 

Axir eshtursan ul suratni qilgʻon,

Oshiqqa ne jafolar qildi davron.

 

Aning haqqingʻa ul bir shum azrat,

Nelar qildi, qamugʻ ermazmu ibrat?

 

Qari xotuntek ul bu dunyoyi makkor,

Suchukluk birla avval seni aldor.

 

Ush andin soʻngra achchigʻ zahrin ichrur,

Tiriklik totigʻindin seni kechrur.

 

Jafosi koʻp, yoʻq ul bir zarra mihri,

Tegarmu lutfinga oxir bu qahri.

 

Boʻgʻoz tutmazdin oshnuroq qoʻy oxir,

Boʻri izinga borma, e qoʻy, oxir.

 

Aliakbar Sobir

 

Savdogar va oʻgʻil

 

Bir savdogar oʻz doʻkonida

Savdo qilar oʻgʻli yonida

Savdo rasmin toza olgan yod:

Sotardi kim, olardi ziyod.

Makr-u nayrang tutgan har ishi,

Aldov edi olish-berishi.

Oʻgʻil olib undan andoza,

Qalloblikni oʻrgandi rosa.

Bir kun ota hech nima demay,

Oʻz ishi-la ketdi koʻrinmay.

Oʻgʻil dedi: – Shu fursat qulay,

Otam yoʻgʻ-u, puldan oʻmaray.

Qoʻl kassada, koʻzi oladir,

Shu choq ota kelib qoladir.

Dunyo tordir ota koʻziga,

Bir musht tushdi oʻgʻil yuziga.

Doʻkon kirib, nuroniy bir chol,

Dedi: – Oʻgʻlim menga quloq sol!

Nima eksang – olasan shuni,

Hunaringga oʻrgatding buni.

Tarbiyaga farzand muhtojdir,

Ota ishi unga bir tojdir.

Xoh yaxshi-yu, xoh yomon ishlar,

Bari sendan, bil, oʻrganishar!

Sen halolmi – farzanding halol,

Sendan koʻrib oʻsar shu nihol!

 

Oʻrgimchak bilan ipak qurti

 

Oʻrgimchak yam-yashil barglarda bir kuni

Ipak qurtni koʻrib kamsitdi uni.

– Muncha imillaysan, tezroq yur, oʻrtoq,

Toʻr ham toʻqirkansan oʻlguday noʻnoq.

Mana, tomosha qil ish surʼatimni,

Toʻr toʻqish mahoratimni!

Har kim koʻrib deydi: – Ishiga qarang,

Naqadar tez toʻqir, ustasi farang!

Ipak qurti kulib dedi: – Juda soz,

Sening toʻrlaringdan lekin foyda oz.

Sen toʻqigan oʻsha turli xil parda

Faqat ziyon berar uchragan yerda.

Endi oʻz ishimni aylasam bayon,

Mehnatim mahsuli barchaga ayon.

Qizlar kiyar men toʻqigan ipakdan koʻylak,

Bas etaylik bahsni, soʻzim yoʻq boʻlak.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.