Muhammad Yusuf

0
4774
marta koʻrilgan.

(1954–2001)

 

Yuraklarda yurmagini,

Oh, oldindan bilgan qush.

Har oʻzbekning yuragini,

Oʻziniki qilgan qush.

Halima Xudoyberdiyeva

 

Oʻzbek xalqining sevimli farzandi, otashqalb shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlogʻida tugʻilgan. 1971-yili oʻrta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oladi.

Ijodiy faoliyati 1980-yildan boshlangan. Muhammad Yusuf turli nashriyot va tahririyatlarda, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 1997-yildan umrining soʻnggi kunlariga qadar esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida 1976-yilda eʼlon qilingan. Shundan soʻng “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Erka kiyik”, “Saylanma” kabi juda koʻplab sheʼriy toʻplamlari nashr etildi. 1989-yilda “Uyqudagi qiz” sheʼriy toʻplami uchun unga Respublika Yoshlar mukofoti berildi.

U rostgoʻy shoir, halol va pokiza qalb egasi. U muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qoʻshiq toʻqiydimi yoki tariximiz va taqdirimiz sahifalarini qalamga oladimi, ularda hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning sheʼrlari ravon va soddaligi bilan xalq ogʻzaki ijodiga hamohangdir.

Muhammad Yusuf adabiyotimiz va xalqimizga qilgan fidoyi xizmatlari uchun “Doʻstlik” ordeniga, “Oʻzbekiston xalq shoiri” faxriy unvoniga sazovor boʻlgan.

Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda vafot etgan.

 

 

Nazira GʻULOMOVA

 

“Ona tili va adabiyot” (“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, Toshkent – 2014) darsligidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.