“Ifoda va ifodaviylik” kitobi

0
12
marta koʻrilgan.

Mazkur kitob asosan sheʼriyat tadqiqiga bagʻshlangan boʻlsa-da unda milliy nasr namunalari xususida maqolalar ham oʻrin olgan. “Oʻtmishdan ertaklar” qissasining yuragi”, Ulugʻbek Hamdamning yangi turkum hikoyalariga oid “Postmodern olamda manzil izlab”, Abduqayum Yoʻldoshevning “Puankare” hikoyasi haqidagi “Teorema” sarlavhali maqolalar shular jumlasidan.

Mazkur maqolalar shundan dalolat beradiki, yangi asr ijodkorlari tafakkurida, asarlarida baralla namoyon boʻlayotgan postmodern jarayonniga xos tamoyillar ayni shu avlod namoyandalari boʻlmish yosh munaqqidlar, jumladan Saʼdullo maqolalarida ham yaqqol koʻzga tashlanmoqda; u sheʼriyatdagi kabi har uch nasriy asarlar tahlilida ham oʻziga xos yoʻldan borishga harakat qiladi. Yosh munaqqidning bizda nisbatan kam qoʻllanilgan tahlil usullariga, xususan poststrukturalizm tajribalariga dadil murojaat etayotgani har jihatdan tahsinga sazovar. Muayyan kam-koʻstlariga qaramay ayni shu yangicha yoʻllar qidirish bobidagi bokiralik kitobga alohida fayz, joziba baxsh etib turibdi.

Saʼdulloning ushbu toʻngʻich kitobi shu kabi fazilatlari bilan uning kelajagiga katta umid uygʻotadi.

 

Umarali Normatov

 

Ushbu havola orqali oʻtib, kitobni onlayn oʻqishingiz yoki yuklab olishingiz mumkin.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.