“Dikanka qishlogʻi yaqinidagi oʻtkazilgan kechalar” toʻplami haqida

0
183
marta koʻrilgan.

Bu toʻplamga sakkizta qissa kirgan. Bu Ukraina, ukrain folklori bilan bogʻliq qissalarni adolat va adolatsizlik oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni tasvirlovchi kartina deb baholasa boʻladi. Gogol bu asarlarida oʻzining diqqatini XVIII asr erkin ukrain kazaklari hayotiga qaratadi. Qissalar Rudiga Panko ismli shaxs tomonidan hikoya qilinadi. Qissalarda u oʻzining orzusini, odamlar tabiatidagi insoniy tuygʻularni goʻzalligini koʻrsatishga harakat qiladi. Ana shu inson tabiatidagi fazilatlarni yorqinroq yoritish uchun fantastik mavjudotlar obrazlaridan ham foydalanadi. Shu sabab boʻlsa kerak, Gogol oʻz qissalarida qator milliy harakterlar galereyasini yarata olgan.

Fantastika, folklor, satira va boshqa janrlarning uygʻunligi uning boshqa asarlarida ham uchraydi.

1835 yil Gogol oʻzining “Nevskiy prospekt”, “Portret”, “Mirgorod” toʻplamlarini yaratdi.

Gogol “Taras Bulba” nomli tarixiy qissasida qahramonlarni, ularning harakterini oʻzining zamonasiga qarama-qarshi qoʻyadi.

“Taras Bulba” asarida u birinchi bor xalqning quvvati, qudrati, maʼnaviy boyligi, yuqori ahloqiy prinsiplari haqida yozadi.

Gogol birinchi boʻlib rus adabiyotida xalqning, jamiyatning fojiali tomonlarini real, tanqidiy tasvirlarda koʻrsatib bera olgan.

1835 yilda u yana “Peterburg qissalari” turkumi ostida beshta qissa yaratdi.

“Shinel”, “Burun”, “Ruhiy xasta kishining xatlari”, “Nevskiy prospekti”, “Portret”. Bu qissalarining mazmuni, qahramonlari va uslubi har xil boʻlgani bilan ularni ichki birlik bogʻlab turadi. Bu qissalarda Peterburg shahrining ulugʻvor obrazini koʻrsatadi. Gogol bu asarlarda Pushkin traditsiyalarini davom ettirib poytaxtning ichki va tashqi holatini qiyoslaydi. Peterburg shahrining sotsial portretini, yaʼni oddiy kichik odamlarning ogʻir hayotini chizib beradi.

 

Akram UZOQOV

 

“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.