Bolalar folklori: tezaytish

0
376
marta koʻrilgan.

Tezaytish xalq ogʻzaki ijodining oʻziga xos janri hisoblanadi. Tezaytish bolalarda aqliy oʻtkirlik va zukkolikni tarbiyalaydi. Masalan, “Oʻktam koʻm-koʻk koʻrkam koʻklam rasmini koʻmkoʻk qalamda chizmoqchi”, Zanjir, sarjin, anjir”, “Oq oʻtloq – oppoq oʻtloq”, “Joʻja choʻchib goʻja choʻqir”.

Xalq ogʻzaki ijodida alliteratsiya hamda muayyan tovushlar takrori asosiga qurilgan tezaytish namunalari sheʼriy shaklda ham yaratiladi: 

Sora allalaydi,

Lola allalaydi.

* * *

Non yasashasanmi,

Sholi sanashasanmi?

Bolalarni biyron soʻzlashga oʻrgatib, ularga estetik zavq beradigan, fikr va qobiliyatlarini oʻstiradigan, xotiralarini mustahkamlaydigan bunday tezaytishlarning kichkintoylar adabiyotidagi roli va oʻrni katta.

 

Mamasoli JUMABOYEV

 

“Bolalar adabiyoti” (Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent, 2013) darsligidan

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.