Ziyoviddin Mansur (1954)

0
149
marta koʻrilgan.

Ziyoviddin Mansur 1954 yili Namangan viloyati Uychi tumanidagi Mashad qishlogʻida tugʻildi. 1975 yilda Namangan davlat pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan tugalladi. Mehnat faoliyatini Uychi tumanidagi 4-oʻrta maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan ijodkor, keyinchalik Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi Namangan viloyat boʻlimida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimida xizmat qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat koʻrsatdi.

Birinchi sheʼri 1969 yil Uychi tuman gazetasida bosilib chiqdi. Shundan soʻng “Xoʻrozqand” (bolalar uchun), “Ezgulik elchisi”, “Toʻtiyo” sheʼriy kitoblari chop etildi. Sheʼrlari qoraqalpoq, rus, ingliz, nemis, hind tillariga tarjima qilingan.

Mustaqillik yillari “Qalbim parchalari”, “Noyob kashfiyot”, “Oʻn sakkiz yoshlilar sevgisi”, “Hayrat saltanati”, “Namangan va namanganliklar”, “Dilrabolar diyori”, “Muhabbat bogʻi” kabi sheʼriy turkum va kitoblari chop etildi. “Abadiyat qoʻshigʻi” kitobiga saylanma sheʼrlari jamlandi.

Yangi-yangi badiiy ifoda vositalarini topish, tesha tegmagan qofiyalarga teran maʼnolar yuklash Ziyoviddin Mansur sheʼrlarining oʻziga xosligini taʼminlaydi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.