Zikrilla Neʼmat ( 1961 )

0
174
marta koʻrilgan.

Zikrilla Neʼmat 1961 yilning 13 dekabrida Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida tahsil oldi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Postda”, “Na postu” gazetalari va “Qalqon”, “Shʼʼit” jurnallari Birlashgan tahririyati bosh muharriri vazifasida ishladi.

Dastlabki sheʼrlari oʻquvchilik davrlarida hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida bosildi. “Ikkimizning yoniq ishqimiz” nomli ilk sheʼrlar toʻplami 1993 yilda chop etildi. Shundan soʻng Zikrilla Neʼmatning “Yurtim navosi” (1997), “Vatan va muhabbat” (1999), “Qaytar dunyo” (2000), “Ostonadan boshlanar Vatan” (2003), “Muhabbatsiz yashab boʻlmas” (2004), “Spitamenning soʻnmas qoʻshigʻi” (2005), “Muhabbat mehrobi” (2005), “Sogʻinch dunyosi” (2006), “Sogʻinch sarchashmasi” (2007), “Ezgulik oʻlkasi” (2009) nomli qator kitoblari chop etildi. Bundan tashqari sheʼr, gʻazal, muxammas, tuyuq va tarjimalari jamlangan “Onam ekkan rayhonlar” saylanmasining 1-jildi (2011), bolalarga atalgan “Besh baho olgan kunim” majmuasi (2013), mumtoz shoirlar gʻazallariga Vafoiy taxallusi bilan bogʻlagan muxammaslar toʻplami – “Muxammas gulshani” (2014) dunyoga keldi.

Zikrilla Neʼmatning koʻplab sheʼrlari taniqli hofizlar tomonidan kuylanib kelinmoqda. Shoirning “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan “Vatan haqida qoʻshiqlar” (2012) kitobi “Eng ulugʻ, eng aziz” Respublika anʼanaviy tanlovi gʻolibi boʻldi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.