Yasunari Kavabata (1899-1972)

0
121
marta koʻrilgan.

Kavabata Yasunari (1899.11.6, Osaka sh. – 1972.16.4, Dzusi) – yapon yozuvchisi. Yapon sanʼat akademiyasi aʼzosi (1953). Nobel mukofoti laureati (1968).

Oʻtgan asrning 20-yillarda yangi sensualistlarning modernistik guruhiga yaqinlashgan. Birinchi asari – “Idzunlik oʻyinchi” (1926)da bolalik xotiralari lirik hikoya qilingan. Kavabataning oʻziga xos badiiy uslubi shoirona his-tuygʻulardan iborat “Qorli oʻlka” (1937) qissasida namoyon boʻlgan. Sanʼat darajasiga koʻtarilgan qadimiy urf-odatlar – choy bilan bogʻliq udum “Ming qanotli turna” (1951) qissasining asosiy mavzuini tashkil etadi. “Togʻlar nolasi” (1953), “Eski poytaxt” (1961) romanlari ichki lirizm bilan sugʻorilgan, “Uyqudagi nozaninlar” (1961) qissasi yolgʻiz qolgan keksa inson hayoti haqida. Kavabata bir qator esselar (“Goʻzallikning yaratilishi va mavjudligi” va b.) muallifi.

“Uyqudagi nozaninlar” qissasi oʻzbek tiliga tarjima qilingan (2001 yil, tarjimon Uchqun Nazarov).

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.