Xuan Ramon Ximenes (1881–1956)

0
57
marta koʻrilgan.

Atoqli ispan shoiri, Nobel mukofoti sovrindori Xuan Ramon Ximenes 1881 yilda Moger shaharchasida tugʻilgan. Oʻn toʻqqiz yoshida shoirning “Nastarin qalbi” va “Nimfiyalar” nomli kitoblari chop etildi. Uning “Satrlarim”, “Gʻamgin ohanglar”, “Olisdagi bogʻlar”, “Choʻpon qoʻshigʻi”, “Koʻklam navolari”, “Mungli qoʻshiqlar” va boshqa toʻplamlari ispan sheʼriyati rivojiga muhim hissa qoʻshdi.

Ximenes ona tilining fusunkorligini chuqur his qilgan ijodkor. Uning sheʼrlarida soʻz, ohang va tasvirlar bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan.

1956 yili “Ispan sheʼriyatining badiiy goʻzalligi va ruhini saqlab qolgani uchun” Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.

 

“Jahon adabiyoti”, 2018/1

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.