Usmon Azim (1950)

0
372
marta koʻrilgan.

1950 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topgan. Oʻzbekiston xalq shoiri. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan. “Insonni tushunish”. “Holat”, “Oqibat”, “Koʻzgu”, “Surat parchalari”, “Dars”, “Ikkinchi aprel”, “Baxshiyona”, “Gʻaroyib ajdarho”, “Uygʻonish azobi”, “Gʻussa”, “Uzun tun”, “Saylanma”, “Kuz” kabi qator sheʼriy kitoblari, “Jodu” nomli nasriy toʻplami nashr etilgan. “Bir qadam yoʻl”, “Alpomishning qaytishi”, “Sevgi” kabi dramatik asarlar, kinoqissalar muallifi. Pol Elyuar, V. Vatsiyetis, K. Dogʻlarja, A. Voznesenskiy, Yu. Martsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982). “Doʻstlik” ordeni sohibi (1998).

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.