Umida Abduazimova (1953)

0
355
marta koʻrilgan.

Umida Abduazimova 1953 yil 1 iyunda Toshkent shahrida tugʻildi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1970–1975).

Shoira mehnat faoliyatini Oʻzbekiston televideniyesi Adabiy-dramatik koʻrsatuvlar tahririyatida muharrirlikdan boshladi. Soʻngra Respublika vaqtli matbuoti, “Yosh kuch” jurnali, “Maʼrifat” va “Tong yulduzi” gazetalarida turli lavozimlarda xizmat qildi.

“Sevilganda” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1977 yilda bosildi. Shundan soʻng shoiraning “Ishqli umrim” (1979), “Kurtak” (1982), “Umrim ziynati” (1990), “Oymomabogʻ” (1991), “Sevinchim” (1992), “Behruz yangi kun demak” (1997), “Oydin orzular” (1998), “Seni koʻrgim kelaveradi” (1998) nomli publitsistik asarlari, badiiy va sheʼriy kitoblari nashr etildi. Bolalarga atab yozgan sheʼrlarida bolalik dunyosi, qaytalanmas farahli onlari, ruhiyat olami, betakror oʻyinlariyu oʻy-xayollari jonli ifodalangan.

Umida Abduazimovaning ijodi mustaqillik yillarida yanada barakali boʻlib, “Arazlamang” (2002), “Oʻn sakkizdan oʻtgum yoʻq” (2003), “Shirintoy” (2005), “Tikilib-tikilib qarayman” (2006), “Oʻn olti yoshimda” (2007), “Yozilmagan kitob” (qissa, 2007) nomli kitoblar yozdi.

Isteʼdodli shoira Respublika Yoshlar tashkiloti mukofoti (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni hamda “Shuhrat” medali (1987) bilan taqdirlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.