Toʻlqin (1938–1996)

0
190
marta koʻrilgan.

Shoir Toʻlqin (Toʻlqin Imomxoʻjayev) 1938 yilda Toshkent shahrida tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetida (1956–1961) tahsil oldi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, Oʻzbekiston televideniyesida, hozirgi “Yangi asr avlodi” nashriyotida xizmat qildi.

Bir guruh adabiyotga havasmand tengqurlari qatori shoir Gʻayratiy rahbarligidagi toʻgarakning faol aʼzosi boʻlgan Toʻlqinning ilk sheʼriy toʻplami 1962 yilda “Jilgʻalar” nomi bilan chop etiladi. Shundan soʻng u “Yurak tinchimaydi” (1963), “Sevgim” (1965), “Buloq qoʻshigʻi” (1966), “Yuragimni izlangiz” (1968), “Yulduzlar toʻkilmaydi” (1968), “Sevgi koʻprigi” (1974), “Umrdan hadya” (1978), “Birinchi muhabbat bekati” (1980), “Oʻsha muhabbat”, “Yana uchrashamiz” (1988), “Bir xiyonat fojiasi” (1995), “Sochilgan sirlar” (1996) kabi sheʼriy va nasriy toʻplamlarini eʼlon qildi. “Bola va burgut”, “Quduqdagi quticha” (1968), “Salom, assalom” (1979), “Sevara” (1980), “Gʻunchalar” (1986) kabi yoshlar va oʻsmirlar uchun ham kitoblar chop ettirdi.

Toʻlqin bir necha sahna asarlari ham yaratdi. Jumladan, “Oltin kamar” (1979) Muqimiy teatrida, “Buvam uylanmoqchi” (1993) Satira teatrida, “Qaynar xumcha” (1996) Yosh tomoshabinlar teatrida sahnaga qoʻyildi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.