Sobir Mirvaliyev (1933–2019)

0
75
marta koʻrilgan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), filologiya fanlari doktori (1971), professor (1978) Sobir Mirvaliyev 1933 yil 2 yanvarda Toshkentda tavallud topgan. Toshkent kechki pedagogika institutini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti Adabiyot muzeyida kichik ilmiy xodim (1957), “Oʻzbek tili va adabiyoti masalalari” jurnalida adabiy xodim (1958–62), institutda katta ilmiy xodim (1962–74), Toshkent madaniyat instituti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri (1974–95), shu kafedra professori (1995 yildan) sifatida faoliyat yuritgan.

U oʻzbek romanchilik maktabining paydo boʻlish va shakllanish yoʻlini tadqiq etgan. Olimning “Oʻzbek adiblari” kitobida XX asrda yashab ijod etgan yozuvchilar hayoti va ijodi haqida muxtasar maʼlumotlar berilgan. 2000 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

Olim 2019 yil 18 iyun kuni olamdan oʻtdi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.