Sobir Abdulla (1905–1972)

0
154
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston xalq shoiri, taniqli dramaturg Sobir Abdulla 1905 yili Qoʻqon shahrida, xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Eski va yangi maktablarda bilim olgan Sobir Abdulla 1924–1926 yillarda ishchilar tayyorlov kursini tamomladi. 1925–1948 yillarda “Yangi Fargʻona”, sobiq “Yosh leninchi” gazetalari, “Mushtum” jurnalida adabiy xodim, Andijon teatrida esa adabiy emakdosh boʻlib ishladi.

Sobir Abdulla ijodi 1925 yildan boshlangan. Shoirning “Erk ilhomlari” nomli birinchi toʻplami 1931 yilda bosilib chiqadi. Uning “Koʻklam nashʼasi” (1932), “Taajjub”, “Gulshan” (1939) sheʼrlar toʻplami, “Navbahor” (1930), “Doʻstlik” (1937) kabi hikoya toʻplamlarida xalq hayoti, shoirning maʼnaviy dunyosi oʻz ifodasini topgan. Sobir Abdulla sermahsul dramaturg edi. Uning “Bogʻbon qizi” (1930), “Oyxon” (1935), “Tohir va Zuhra” (1939), “Alpomish”, “Muqimiy” kabi sahna asarlari teatrlarimizning koʻrki boʻlgan.

Urush yillarida adib jangchilar hayoti va front orqasidagi kishilarning fidokorona mehnatini aks ettiruvchi sheʼrlar yozish bilan birga “Qurbon Umarov” (1941), “Davron ota” (1942) kabi pyesalarning yaratilishida ham faol ishtirok etadi.

Urushdan keyingi yillarda Sobir Abdulla yaratgan “Vatan sevgisi”, “Baxtim qilur namoyish”, “Paxtakor tongi”, “Ravshan zamon” qoʻshiqlari xalqimizdagi vatanparvarlik va mehnatsevarlik fazilatlarini ulugʻlashga xizmat qilgan. Gʻazalnavis shoir umrining soʻnggi yillarida maʼrifatparvar shoir Muqimiy hayotini aks ettiruvchi “Mavlono Muqimiy” asarini yaratadi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.