Sayyor (1932–2001)

0
86
marta koʻrilgan.

Sayyor (Sayyorpoʻlat Fayzullayev) 1932 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ham shoir, ham nosir sifatida qalam tebratgan. Uning birinchi sheʼri 1953 yilda eʼlon qilingan. “Qalb harorati” nomli birinchi kitobi 1960 yilda chop etilgan. Shundan keyin uning oʻzbek, rus va boshqa tillarda oʻttizga yaqin sheʼriy va nasriy asarlari bosilib chiqqan. Jumladan, “Boshsiz haykal” (1961), “Fidoyingman” (1962), “Qachon katta boʻlaman” (1965), “Bir kecha xayoli” (1965), “Oʻttiz yoshim” (1968), “Hulkar” (1969), “Parvona” (1970), “Dengizdan tomchilar” (1972), “Yillab kuyganim” (1973), “Musaffo fasl” (1978), “Odam borki…” (1981), “Bolgʻa zarbi”, “Ancha katta bolaman” (1982), “Chorraha” (1985), “Umr qoʻshigʻi” (1986), “Halollik va faollik”, “Uyqudagi tosh” (1989) kabi sheʼriy toʻplamlarini, qissalarini va bolalar uchun yozilgan asarlarini sanab oʻtish mumkin.

Sayyorning sheʼriyati inson goʻzalligi, insoniy burch, vijdon va imon tushunchalarini badiiy sharhlashi bilan ajralib turadi. Shoirning “Halollik va faollik” nomli toʻplamiga kirgan koʻp sheʼrlari shu jihatlari bilan harakterlidir. Ularda insonning Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi, haqgoʻylik va rostgoʻylik fazilatlari ulugʻlanadi.

Shoir sheʼriyatida siyosiy lirika bilan birga muhabbat lirikasi muhim oʻrinni egallaydi. Sayyor shoira Gulchehra Joʻrayevaning turmush oʻrtogʻi edi. Ularning toʻrt nafar farzandlari va qoʻsha-qoʻsha nabiralari bor.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.