Saʼdullo Quronov (1989)

0
123
marta koʻrilgan.

1989 yil 31 yanvarda Andijon tumanida tugʻilgan. 1996–2004 yillarda tumandagi 4-umumtaʼlim maktabida, 2004–2006 yillarda ADU qoshidagi 11-litsey-internatda oʻqigan. 2006–2007 yillarda Andijon davlat universiteti, 2007 – 2012 yillar davomida Oʻzbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetining bakalavr, magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2011 yilda “Sharq yulduzi” jurnalida boshlab, masʼul kotib, adabiyotshunoslik boʻlimi muharriri lavozimlarida ishlagan. 2015 yildan boshlab “Jajji akademik” bolalar jurnalida muharrir, keyinroq bosh muharrir lavozimlarida ishlagan. 2018–2020 yillarda “Yoshlik” jurnalining masʼul kotibi sifatida ham faoliyat koʻrsatgan.

2018 yilda oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha yozgan “Zamonaviy oʻzbek adabiyotida sintez muammosi (sheʼriyat va rangtasvir sanʼatlari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyani himoya qilib, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan.

2021 yildan boshlab “Mustaqillik davri oʻzbek romanlaridan inson konsepsiyasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish qilib kelmoqda.

Saʼdullo Quronov adabiyotshunoslik bilan bir qatorda bolalar uchun ham ijod qilib keladi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Uning “Galaktikada bir kun” nomli ilmiy-fantastik qissasi hozirgacha ikki marotaba nashr etilgan.

Matbuotda 40 dan ortiq adabiy-tanqidiy, ilmiy maqolalari eʼlon qilingan.

 

Kitoblari:

Ifoda va ifodaviylik. Ilmiy maqolalar toʻplami. – Toshkent: Akademnashr, 2016.

Egiz sanʼatlar. Monografiya. – Toshkent: Akademnashr, 2018.

Mening galaktikam. Bolalar uchun. – Toshkent: Akademnashr, 2019.

Galaktikada bir kun. Ilmiy-fantastik qissa. – Toshkent: Akademnashr, 2019.

Jajji huquqshunos. Bolalar uchun (hammuallif Abduqahhor Rahimov). – Toshkent: Akademnashr, 2019.

Komiks. Bolalar uchun ilmiy-intellektual komikslar. – Toshkent: Akademnashr, 2019.

Sogʻlomjon. Bolalar uchun. – Toshkent: Akademnashr, 2020.

Jajji jamgʻarma. Bolalar uchun. – Toshkent: Akademnashr, 2020.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.