Sa’dulla Siyoev (1939)

0
159
marta ko‘rilgan.

Sa’dulla Siyoev 1939 yil 25 martda Qozog‘istonning Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Toshkent davlat universitetida o‘qidi (1957–1962). Dastlab “Yoshlik” radiosida, keyinchalik “Mushtum” jurnalida ishladi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiyot jamg‘armasiga rahbarlik qildi.

Sa’dulla Siyoev dastlabki she’r va hikoyalari bilan o‘tgan asrning elliginchi yillari ikkinchi yarmidan ko‘rina boshladi.

1970 yilda “Qasam ichmagan yigit” nomli birinchi hikoyalar to‘plami chop etildi. Shundan so‘ng “Sadag‘ang ketay” (1972), “To‘ylar muborak” (1975), “Oy borib, omon keling” (1976), “Og‘ir vaznli janjalkash”, “Erkaklar uchun ertaklar”, “Yorug‘lik” (1986), “Avaz” (1987), “Beparvo bo‘lmoqchiman” (1990) kabi roman, qissa, hikoyalar kitoblari bosilib chiqdi.

Mustaqillik yillarida Sa’dulla Siyoev yanada samarali ijod qilib, “Yassaviyning so‘nggi safari” (1993), “Haqiqat yo‘li” (1997) nomli ikki kitobdan iborat tarixiy roman, yana “Mening xo‘roz quvganim” (hikoyalar, hajviyalar, badialar, 2007), “Yolg‘onchining rost so‘zi” (hikoyalar, xotiralar, 2010) kabi kitoblar yaratdi. L. Tolstoy, M. Zoshchenko, L. Lench, A. Arkanov, G. Gorin kabi rus yozuvchilarining hikoyalarini ona tilimizga o‘girdi. O‘zining ham bir qator asarlari rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turk va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilindi.

 

“O‘zbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.