Rojiy Hoʻqandiy (1871 – 1924)

0
233
marta koʻrilgan.

Sulaymonqul usta Suyarqul oʻgʻli Rojiy Hoʻqandiy 1871 yilda Qoʻqon shahrining eski Qoʻrxona mahallasida tugʻilgan.

U Qoʻqondagi madrasai Mirda taʼlim oldi. Oʻz davrining isteʼdodli, oʻqimishli kishisi boʻlib yetishgan shoir Qoʻqondagi madrasai Oliy va Madrasai Jomeʼda adabiyot, husnixat va muammodan dars beradi.

Rojiyning adabiy merosidan bir qoʻlyozma bayoz, “Zarbulmasal”, shoir Mavlaviy Ioʻldoshning vafotiga tarix, Muqimiy vafotiga tarix, shoir Qaltatoyga muxammas, “Revolyusiya davri jahon urushi va shu jumladan rus german urushiga yozilgan Rojiy Hoʻqandiydan tarixiy nazmdur” kabi sheʼrlari yetib kelgan.

U 1924 yil 11 noyabrda vafot etdi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.