Nodar Dumbadze (1928–1984)

1
1405
marta koʻrilgan.

Nodar Vladimirovich Dumbadze (1928.14.7 – Tbilisi – 1984.5. 3) – atoqli gruzin yozuvchisi. Ilk hikoyalar toʻplami – “Qishloq bolalari” (1958). Dastlabki yirik asarlari – “Men, buvim, Iliko va Illarion” (1960) qissasi va “Quyoshni koʻryapman” (1962) romanida 2-jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlarining ogʻir hayoti aks etgan. “Quyosh kechasi” (1967), “Oq bayroqlar” (1972) romanlarida zamonaviy muhim ijtimoiy – axloqiy masalalar koʻtarilgan. “Abadiyat qonuni” (1978)da insonning jamiyatdagi oʻrni, yashashning maʼnosi mavjud hayotiy lavhalar, shaxslar orqali aks ettirilgan.

Nodar Dumbadze asarlari chuqur lirizm bilan sugʻorilgan, ularda dramatizm yumor bilan uygʻunlashib ketgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (“Quyoshni koʻryapman”, 1969; “Qoʻrqmang onaginam”, 1982; “Abadiyat qonuni”, 1983 va b.). “Abadiyat qonuni” asari asosida oʻzbek tilida telespektakl yaratilgan (1985).

Bir necha hikoyalari taniqli tarjimon Nizom Komil tomonidan mohirona oʻzbekchalashtirilgan.

1 mulohaza

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.