Nabi Jaloliddin (1962)

0
216
marta koʻrilgan.

Nabi Jaloliddin 1962 yil 2 mayda Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi Jonobod qishlogʻida tugʻildi. 1969 yili 9-oʻrta maktabga borib, ota-onasidan erta judo boʻlgani sabab, Toʻrtkoʻl qishlogʻidagi rassomlik maktab-internatida (1973) oʻqishini davom ettirishga majbur boʻldi. U ilk sheʼrlarini ham ayni shu paytda yoza boshladi. Shu bilan birga rassomlik sanʼatini ham egalladi.

9-sinfda oʻqiyotganida tuman gazetasida ilk sheʼri bosildi. Nabijon 1980 yili maktab-internatni tamomlab, taʼmirlash ustaxonasida oddiy ishchi boʻlib ishladi. 1981 yil harbiy xizmatga olinib, afgʻon urushida ishtirok etdi. Tomsk Pedagogika institutiga oʻqishga kirdi, oilaviy sharoiti tufayli oʻqishni davom etdira olmadi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan tahsil oldi (1987–1993). Oʻrta maktabda dars berdi (1984–1991). Shundan soʻng “Vatan”, “Xolis”, “Himoya” gazetalarida (1993–2006) turli vazifalarda ishlab keldi. 2006 yildan “Andijonnoma” gazetasida xizmat qiladi.

1993 yilda “Yalpizli kecha” nomli ilk sheʼriy kitobi nashr etildi. 1996 yili “Sharq yulduzi” jurnalida “Oʻlimning rangi” nomli afgʻon urushi mavzusidagi qissasi bosildi. Shundan soʻng uning “Hur nido”, “Sen bilan qolmayman”, “Koʻngil ozod” kabi sheʼriy toʻplamlari, “Erkagi bor uy” nomli nasriy kitobi, “Oraliq” romani bosilib chiqdi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.