Muhtarama Ulugʻova (1952)

1
130
marta koʻrilgan.

Muhtarama Ulugʻova 1952 yilda Margʻilon shahrida tugʻildi. Shahardagi 2-oʻrta maktabni Oltin medal bilan bitirgach, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Fargʻona Davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi (1968–1972).

Mehnat faoliyatini 1972 yilda Margʻilon shahar pedagogika bilim yurtida oʻqituvchilikdan boshlab, keyinchalik “Saodat” jurnalida boʻlim muharriri, “Xalq soʻzi” gazetasida boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida katta muharrir vazifalarida xizmat qildi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining “Movarounnahr” nashriyotida katta muharrir sifatida faoliyat yuritadi.

Boʻlgʻusi shoira oʻquvchilik yillaridanoq sheʼriy mashqlari bilan tuman, viloyat va respublika matbuotida koʻrina boshladi. “Boychechakning tushlari” nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1983 yilda bosilib chiqdi. Shundan soʻng uning “Muhabbatga toʻymasman sira” (1985), “Kunlarning bagʻri keng” (1987), “Ey dilim!” (2008) nomli sheʼriy toʻplamlari, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonimga bagʻishlangan “Muhabbat saroyida mangu qolganlar” (2005), “Bahor keldi seni soʻroqlab” (2015) nomli badiiy-publitsistik kitoblari nashr etildi.

Muhtarama Ulugʻova “Shuhrat” medali hamda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

1 mulohaza

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.