Minhojiddin Mirzo (1965)

4
481
marta koʻrilgan.

Minhojiddin Mirzo 1965 yilning 30 iyulida Andijon shahrida tugʻildi. 1983 yilda hozirgi Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirib, (1984–86 yillarda harbiy xizmatda boʻlgani sabab) 1990 yilda tamomladi.

Hozirgi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida (1990–1998), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida (1998–2003), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (2003–2006), “Sharq yulduzi” jurnalida (2005–2006) turli vazifalarda ishladi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi rahbari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimlarida (2006–2014) xizmat qildi. 2014 yildan jamoatchilik asosida Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalar doʻstlik jamiyatlari kengashi raisi hamda “Guliston” jurnali bosh muharriri sifatida faoliyat yuritadi.

Minhojiddin Mirzo oʻquvchilik paytlaridan mahalliy matbuot nashrlari, shuningdek, Oʻzbekiston radiosining “Kelajak tongi” dasturi hamda “Tong yulduzi” gazetasida, talabalik yillarida esa “Sharq yulduzi”, “Yoshlik”, “Yosh kuch” jurnallari, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Turkiston” gazetalarida oʻz sheʼrlari, dolzarb mavzudagi publitsistik chiqishlari, hajviy asarlari bilan faol ishtirok etib keldi.

Shoirning “Nilufar” (1996), “Visol xabari”(2002), “Yulduzim”(2007), “Koʻnglim kurtaklari” (2015), “Gullash payti keldi, bogʻlarim” (2015) sheʼriy toʻplamlari, “Saodatga eltuvchi qudratli kuch” (2008) esselar toʻplami chop etildi. Boborahim Mashrabga bagʻishlangan “Qaygʻu guli”, Amir Temur siyratiga doir “Sohibqiron yogʻdusi”, Bobur haqidagi “Sogʻinch saltanati” dostonlari nashr etildi.

Minhojiddin Mirzo tarjimon sifatida A. Pushkin, R. Hamzatov, S. Shʼʼipachev sheʼrlarini ona tilimizga oʻgirdi. Shuningdek, oʻzining bir qancha sheʼrlari ham tojik, ingliz, koreys tillariga tarjima qilindi.

Minhojiddin Mirzo 1999 yili “Shuhrat” medali, 2002 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

4 Mulohaza

  1. Kitob do’konlaridan topa olmadim. Bobur nomli Andijon viloyati kutubxonasida ham yo’q ekan. Nahotki andijonlik bola turib oz yurtining kutubxonasiga bitta kitob sovg’a qila olmaydigan shoirlar ham bor.Yoki men adashyapmanmi. Adashgan bolsam uzr! Men shu kitobni o’qigim kelgandi. Chunki unga qiziqib qolgandim.
    Boburiylar beshigi deng
    Bilguvchi jahon Andijon!
    Shu satrlar menga juda yoqgan edi, chunki men Andijonni yaxshi koraman va bu bilan faxrlanaman!!!

    • Biror kutubxonasiga kitob sovgʻa qilish hech kimning majburiyati emas, menimcha. Har qanday kishi haqida yaxshi gumonda boʻlgan afzal. Balki u kishiga sovgʻa qilishga yetadigan kitob berilmagandir. Kitobni oʻz hisobidan chiqarayotgan nashriyot uni oʻzi istaganidek tarqatadi. Qattiq qiziqqan boʻlsangiz, boshqa kutubxonalardan ham soʻrang. Elektronini oʻqish ham mumkin. ziyouz.com saytida juda koʻp elektron kitoblar bor. Siz izlayotgan muallifning asarlarini ham topish mumkin.
      Kitobga boʻlgan mehringiz yanada ortaversin!

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.