Mengliboy Murodov (1942)

0
317
marta koʻrilgan.

Mengliboy Murodov 1942 yilning 15 mayida Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Shodibek qishlogʻida ziyoli oilasida tavallud topdi. Buxoro davlat pedagogika institutida (1961–1966) tahsil oldi.

Mengliboy Murodov jamiyat va ong, inson amaliy faoliyati va uning ongdagi inʼikosi, inson va borliqning oʻzaro munosabatiga oid qarashlar mavzularida bir qator sheʼriy va nasriy asarlar yozdi. “Mehr” nomli birinchi sheʼriy kitobi 1966 yilda nashr etildi. Shundan soʻng u “Xosiyatli kun” (2001), “Diydor” (2002), “Yuragimda borin aytdim” (2005) nomli sheʼriy toʻplamlar, “Gunoh” (2008), “Savob” (2011) nomli romanlar, “Mening bola qalbim” (2009) qissasi, hamda “Koʻngildagi qoʻshiqlar” (2012) kitoblarini yaratdi.

Adibning “Gunoh” romani respublikamiz mustaqilligining 17 yilligi oldidan oʻtkazilgan “Eng ulugʻ, eng aziz” koʻrik-tanlovida faxrli 3-oʻrinni oldi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.