Maqsuda Ergasheva (1951–2014)

0
104
marta koʻrilgan.

Maqsuda Ergasheva 1951 yilning 17 fevralida Fargʻona viloyati, Oltiariq tumanidagi Oq boʻyra qishlogʻida tugʻildi. Margʻilon shahridagi pedagogika bilim yurtida (1966–1970), Fargʻona Davlat pedagogika instituti filologiya fakultetida (1978–1983) tahsil oldi. Oltiariq tumanidagi 19-oʻrta maktabda ona tili va adabiyoti fanidan dars berdi (1970–1978; 1983–1994).

Oʻquvchilik yillaridan sheʼriyatga havas qoʻyib, tuman va viloyat gazetalarida, respublika bolalar nashrlarida oʻz mashqlari bilan koʻrina boshladi. 1982 yilda Respublika yosh ijodkorlarining 2-seminarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, adabiy jamoatchilik eʼtiboriga tushdi. 1983 yilda “Bahorni axtarib” nomli birinchi sheʼriy majmuasi nashr etildi. Shundan soʻng shoiraning “Ezgu soʻz” (1986), “Diyorimga koʻzing tegmasin” (2002), “Koʻngil kishilari” (2006) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Bundan tashqari “Oʻzbegim”, “Bir goʻzal dunyo” jamoaviy toʻplamlarda sheʼriy turkumlari bosildi. “Alanga” nomli romani vafotidan keyin “Sharq yulduzi” jurnali (2014,3-son)da chop etildi.

Maqsuda Ergasheva “Mehnat shuhrati” ordeni (1999) bilan taqdirlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.