Maʼdan (1761 – XIX asr boshlari)

0
166
marta koʻrilgan.

Maʼdan XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida yashab ijod etgan. U oʻzining barakali ijodi bilan oʻzbek va tojik adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi.

Shoirning asl nomi Odinamuhammad boʻlib, Maʼdan uning adabiy taxallusidir. U 1761 yilda Pangʻoz qishlogʻida (hozirgi Tojikiston, Asht rayoni territoriyasida) dunyoga keldi. Maʼdan dastlabki maʼlumotni oʻz qishlogʻida oladi, soʻngra bilimini oshirish maqsadida Punuk qishlogʻiga kelib, Muhammad Aminxoʻja ismli olim va fozil kishiga shogird tushadi. Punukda qisqa muddatli tahsildan soʻng u yana oʻz qishlogʻiga qaytib keladi va ota kasbi – dehqonchilik bilan mashgʻul boʻladi. Ayni vaqtda Hofiz, Navoiy, Fuzuliy, Hiloliy, Bedil va boshqa klassik shoirlar ijodlarini qunt bilan oʻrganadi.

Maʼdan ijodida satirik yoʻnalish yetakchi oʻrin egallaydi. Shoir oʻz zamondoshlari Maxmur va Gulxaniylarga ergashib oʻtkir hajviy asarlar yaratdi. Shoirning sheʼriy asarlari ayrim tazkiralarda, masalan, Fazliyning “Majmuai shoiron”ida, 1908 yilda Toshkentda nashr etilgan ayrim bayozlarda mavjud. 1962 yilda shoir tugʻilgan qishloqda uning bir necha sheʼriy devonlari borligi aniqlandi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.