Karel Chapek (1890–1938)

0
78
marta koʻrilgan.

Atoqli chex yozuvchisi Karel Chapek 1890 yil 9 yanvarda Chexiyaning Male – Svetanvitse tumanida tugʻilgan, 1938 yilning 25 dekabrida Pragada vafot etgan. Praga universitetining falsafa fakultetida tahsil olgan. Asarlari oʻz davridagi ijtimoiy muammolarni dadil yorita olgani, shuningdek, inson ruhiyatining eng nozik qirralarigacha aks ettira olgani bilan ahamiyatli. “Krakonot bogʻi”, “Yorugʻ tubsizliklar”, “Chormixga tortish”, “Gʻamgin hikoyalar”, “Bir choʻntakdan hikoyalar”, “Boshqa choʻntakdan hikoyalar” kabi toʻplamlari, “Gordubal”, “Oddiy hayot”, “Absolyut fabrikasi” romanlari, robotlar jangi haqida hikoya qiluvchi “R. V. R” dramasi va boshqa koʻpgina asarlari katta shuhrat qozongan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.