Joʻrabek Jahon (1987)

0
172
marta koʻrilgan.

1987 yil 22 aprelda Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Jarqoʻrgʻon tumanidagi 43- maktabni, Termiz shahridagi Akademik litseyni tamomlagan. 2011 yilda Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetining bakalavriaturasini bitirgan.

2014 yili “Birinchi kitobim” loyihasida “Tuygʻular shaharchasi” nomli ilk sheʼriy toʻplami nashr etilgan.

2018 yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida “Koʻngil poytaxti” nomli sheʼriy toʻplami nashr etilgan.

2016 yilda “Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.