Ikrom Iskandar (1972)

0
20
marta ko‘rilgan.

Ikrom Iskandar 1972 yil 10 sentyabrda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida tug‘ildi. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

Uning ilk she’r va maqolalari 4-sinfda o‘qiyotgan kezlari tuman gazetasida, so‘ngra respublika bolalar nashrlarida chop etila boshladi.

Ijodiy faoliyatini G‘allaorol tuman gazetasida boshlab, so‘ngra “Oila va jamiyat”, “Ma’rifat” gazetalarida xizmat qildi.

2008 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul vazifada ishlab keladi.

O‘tgan yillar davomida “Bir dasta gul” (1994), “Bahorni izlayman” (1995), “Bugungi naqllar” (2005), “Yomg‘irli fasl” (2006), “Hangoma va naqllar” (2008), “Yashil xirgoyi” (2010), “Fasllar ohangi” (2013) nomli she’riy va nasriy kitoblari chop etildi.

Shoirning “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligida (2015) e’lon qilingan Navoiy asarlari mutolaasidan ruhlanib yozilgan “Mumtoz ohanglarda” nomli turkumi o‘ziga xos voqea bo‘lganini ta’kidlash joiz. Ikrom Iskandarning yangi “Shamol qo‘shig‘i”(2015) she’riy kitobi she’riyat muxlislariga munosib sovg‘a bo‘ldi.

 

“O‘zbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.