Ibodat Rajabova (1956)

0
83
marta koʻrilgan.

Ibodat Rajabova 1956 yilning 1 yanvarida Buxoro viloyatining Peshkoʻ tumanida tugʻildi. 1980 yilda Samarqand Davlat pedagogika institutini, 1992 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomladi.

Peshkoʻ tuman “Mehnat zarbdori” gazetasi boʻlim mudiri (1980–1992), Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi katta muharriri lavozimlarida (1994–2011) xizmat qildi. 2012 yildan “Buxoro oqshomi” gazetasi muharrir oʻrinbosari vazifasida ishlab keladi.

Shoiraning “Osmondagi farishta” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1992 yil “Kamalak” (hozirgi Yangi asr avlodi”) nashriyotida bosilib chiqdi. Shundan soʻng uning “Buxoroda gujum gulladi” (1993), “Chorbakr” (2005), “Zikri qalb sultoni” (2009), “Qush kiprigi” (2011), “Buxornur yoxud yetti pir” (2012) singari sheʼriy va maʼrifiy-publitsistik kitoblari nashr etildi.

Ibodat Rajabova viloyat gazetasida va respublika adabiy nashrlarida Istiqlol davrining dolzarb muammo va vazifalari mavzusidagi ijtimoiy-maʼrifiy maqolalari, sheʼriy turkumlari bilan faol qatnashib keladi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.