Gulchehra Joʻrayeva (1937)

0
232
marta koʻrilgan.

Gulchehra Joʻrayeva 1937 yilda Buxoroning Shofirkon tumanidagi Doʻrmon qishlogʻida ziyoli oilada tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1954–1959). “Oʻzbekiston madaniyati” gazetasida, “Yoshlik” jurnalida, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qildi.

Shoiraning birinchi sheʼri “Tashakkur” nomi bilan 1954 yilda, “Baxtim borki…” nomli birinchi kitobi 1961 yilda eʼlon qilindi. Keyinchalik “Gul shaydosi” (1969), “Bogʻimda bahor” (1968), “Hayajon” (1971), “Umr ‒ daryo” (1974), “Salom doʻstlar” (1975), “Eng yaqin yulduz” (1979), “Dostonlar” (1981), “Iqbol” (1983), “Mehrim sizniki” (1984), “Chavandoz”, “Imtihon”, “Zuhro yulduzi”, “Gulshan aro” (1987) “Mehridaryo” (2006), “Sen bilan birga” (2009), “Seni sevaman hayot” (2010) kabi sheʼriy majmualari va dostonlari nashr etildi.

Shoiraning hozirgacha yigirmadan ortiq toʻplamlari kitobxonlar qoʻliga yetib borgan. Uning sheʼrlarida ona Vatanga muhabbat, visol va hijron, sevgi va rashk kabi tuygʻular bosh mavzu sifatida ifodalanishi shoiraning umrzoq mavzularda barakali ijod qilib kelayotganidan dalolatdir.

Gulchehra Joʻrayeva mustaqillik yillarida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.