Fridrix Dyurrenmatt (1921–1990)

0
85
marta koʻrilgan.

Taniqli yozuvchi, dramaturg va rassom Fridrix Dyurrenmatt 1921 yil 5 yanvarda Shvetsariyaning Konolfingli qishlogʻida ruhoniy oilada tugʻildi. U avval Bern Erkin gimnaziyasida tahsil oldi, dastlabki ijodiy faoliyatini esa rassomchilikdan boshladi. Garchi uning chizgan suratlari shuhrat qozonib, bir qancha xalqaro koʻrgazmaga qoʻyilgan boʻlsa-da, u yozuvchilik bilan shugʻullanishni afzal koʻradi. Ijodini hikoyanavislikdan boshlagan Dyurrenmatt nasr va dramaturgiya sohasida ham faol ijod qilgan. 1949 yilda yaratilgan “Buyuk Romul” komediyasi unga olamshumul shuhrat keltiradi. Adib “Tibetdagi qishki urush”, “Shahar”, “Isyonchi”, “Minotavr” kabi qissalari, “Sudya va uning qotili”, “Gumon”, “Vaʼda” va bir qator pyesa hamda publitsistik asarlari uchun oʻnga yaqin yuksak adabiy mukofotlarga sazovor boʻlgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.