Farid Usmon (1946)

0
135
marta koʻrilgan.

Farid Usmon 1946 yil 31 avgustda Andijon shahrida xizmatchi oilasida tugʻildi.

Andijon davlat universitetining filologiya fakultetida, Moskvadagi M. Gorkiy nomli Adabiyot institutida (1985–1987) tahsil oldi. “Gulxan” jurnalida, Yozuvchilar uyushmasining targʻibot markazi viloyat boʻlimida, Andijon davlat tillar pedagogika instituti siyosiy fanlar kafedrasida, maktab va kasb-hunar bilim yurtlarida, Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimida xizmat qildi. 1998 yildan Andijon viloyat hokimligi oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi hamkorligida chop etilayotgan ijtimoiy-maʼrifiy nashr – “Kelajak” gazetasida muharrir, jamoatchilik asosidagi “Orzular qanoti” ijodiy markaz rahbari vazifalarida ishladi.

Farid Usmon badiiy adabiyotga oʻtgan asrning 70-yillarida kirib keldi. Dastlabki turkum sheʼrlari “Yoshlik bayozi”, “Yoshlik” toʻplamlarida, gazeta va jurnallarda chiqa boshladi. Sheʼrlari taniqli hofizlar tomonidan qoʻshiq qilib kuylandi.

“Umid gulzori” (1976), “Navosiz navo” (1978), “Ul qaro koʻz boʻlmasa…” (1979), “Sochlaringda tun uyqusi” (1980), “Qadr kechasi”, “Jon qushi” (1997) kabi kitoblari, “Men kichikmas, kattaman”, “Bir juft binafsha”, “Oq oltin”ga koʻk chiroq” singari bolalarga atalgan sheʼriy majmualari bosilib chiqdi. “Shahzod”, “Hovlidagi hangoma” kabi sahna asarlari Yosh tomoshabinlar teatrida namoyish etildi.

Mustaqillik yillarida Farid Usmon “Ruh bulbuli” (2009), “Husn dovoni” (2006), “Yangi oy” (2011), “Meni sev” (2011) singari kitoblar chop ettirdi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.