Ernest Heminguey (1899–1961)

0
258
marta koʻrilgan.

Amerikalik dunyoga mashhur yozuvchi. U 1899 yilning 21 iyulida AQSHning Illinoys shahrida dunyoga kelgan. Nobel mukofoti laureati (1954). 1917 yildan Kanzas-Sitida jurnalist sifatida ish boshlagan. 1-jahon urushi qatnashchisi (1914–18). Heminguey 1928 yilgacha Parijda, 1939–60 yillarda Kubada yashadi. 1961 yilning 2 iyulida AQSHning Aydaho shahrida oʻz jonig qasd qilgan.

Adibning dastlabki hikoyalar kitobi – “Bizning zamonda” (1924). “Quyosh chiqadi” (1926, inglizcha nashrlarda “Fiyesta” nomi bilan chop etilgan), “Alvido, qurol!” (1929) romanlarida urushning bemisl mantiqsizliklari, inson haqhuquqlari, erkiga tajovuz, ayni paytda, insoniy mardlik, qadrqimmat va muxabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan.

1930-yillarning 1-yarmida Heminguey ijodida tushkunlikni kuzatish mumkin. Shu davrda yozuvchi hayot yoʻlini qayta mulohaza qilib koʻrishga, oʻz ijodining muayyan yoʻnalishlarini aniqlashga intiladi. Natijada “Peshindan keyingi oʻlim” (1932), “Afrikaning yashil tepaliklari” (1935), “Gʻolibga bayroq berilmaydi” (1933) hikoyalar toʻplami dunyo yuzini koʻradi. “Hoʻkizning shoxi”, “Frensis Makomberning baxti”, “Kilimanjaro qorlari” (1936) hikoyalari, “Toʻqchilik va yoʻqchilik” (1937) romanida Xeminguyey ijodiy yuksalishi koʻzga tashlanadi. Heminguey asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv oʻrnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga eʼtibor qaratadi. Inson huquqlari yoʻlida, ozodlik kurashida yolgʻiz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi.

Heminguey 1931–39–yillari ispan xalqining milliy ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashadi. Shu yillarda uning bir necha ocherk va reportajlari, “Motam qoʻngʻirogʻi” (1940) romani chop etiladi. Bu asarlardagi qahramonlar xalq ozodligi yoʻlida fashizmga qarshi kurashadilar, insoniyat taqdiri uchun oʻzlarining masʼul ekanliklarini qalban his etadilar, kishilar bilan birga iztirobga tushadilar, xavf-xatardan qutulish choralarini izlaydilar. 2-jahon urushidan keyin adib ijodida yangi davr boshlangan. Biroq bu davrda yuzaga kelgan “Xavfli yoz” va “Okeandagi orollar” romanlari avvalgilariga qaraganda badiiy jihatdan ancha boʻsh asarlar sanaladi.

Lekin maʼlum muddat oʻtib, Heminguey insonning ruhiy holatini tadqiq etish bilan jamiyatdagi mavjud vaziyatni ochib berishga qodir asarlarni yaratdi. Badiiy jihatdan ancha yuksak boʻlgan “Daryoning naryogʻida, daraxtlar soyasida” (1950) romani, “Chol va dengiz” (1952) qissasi unga katta shuhrat keltirdi. Heminguey 20-asrda oʻzigagina xos boʻlgan qatʼiy xolislikka asoslangan xarakterli uslubni yaratdiki, keyinchalik Amerika qitʼasidan yetishib chiqqan yozuvchilar bu uslubga tez-tez murojaat qiladigan boʻlishdi.

“Chol va dengiz”, “Alvido, qurol!” va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.