Dilmurod Doʻst (1989)

0
170
marta koʻrilgan.

1989 yil 5 dekabrda Jizzax viloyati Zomin tumani Beshbuloq qishlogʻida tugʻilgan. Dastlabki taʼlimni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi 11-oʻrta maktabda olgan. Shundan soʻng Guliston sanʼat kollejining xalq cholgʻu sozlari boʻlimiga oʻqishga kirib, uni 2008 yili tamomlagan. Kollejni bitirgach, Sirdaryo viloyati Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi xalq ijodiyoti markazida ilmiy xodim boʻlib faoliyat yuritgan.

2012 yili esa Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirgan. Hozir ushbu oʻquv yurtining ikkinchi bosqich talabasi. Oʻqish bilan birga «Adolat koʻzgusi» huquqiy gazetasida ham ishlaydi. 2012 yilda «Tashrif» nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi oʻtkazayotgan «Isteʼdod maktabi» yosh ijodkorlar respublika seminarining 2010 yil noyabr oyida «Doʻrmon» ijod uyida boʻlib oʻtgan ilk bosqichi ishtirokchisi.  Bir necha yoshlar bayozlarida mashqlari bosilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.