Alinazar Egamnazarov (1941)

0
350
marta koʻrilgan.

Alinazar Egamnazarov 1941 yil 1 mayda Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi Xonobod qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetining jurnalistika boʻlimida (1959–1964) tahsil oldi.

Mehnat faoliyatini 1964 yilda “Sirdaryo haqiqati” gazetasida oddiy xodimlikdan boshlab, keyinchalik “Toshkent oqshomi” gazetasida 1968–1987), “Sharq yulduzi” jurnalida (1987–1997) “Oʻzbek Milliy ensiklopediyasi” nashriyotida (1998–2002), Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi Toshkent xalqaro radiosida (2000–2005) xizmat qildi.

Alinazar Egamnazarov dolzarb ijtimoiy-axloqiy mavzudagi maqolalari, ocherklari, felyetonlari, hikoyalari, hajviyalari, hujjatli qissalari bilan adabiy jarayonda faol qatnashib keladi. “Ustozga taʼzim” (1980), “Muqaddas uy” (1986), “Ochigʻini aytganda” (1986), “Yigirma milliondan biri” (1990), “Siz bilgan Dukchi Eshon” (1994), “Surgun” (1999), “Quvnoq muxbirning sarguzashtlari” (2000), “Oqlovdan soʻng” (2011), “Latif hangomalar” (2013) kabi kitoblari nashr qilingan.

Tarjimon sifatida bir qancha xorij yozuvchilari, jumladan, Susanna Gaziyans va Arkadiy Marning “Asrlar va mamlakatlar osha” (1991), Rajab Islombekning “Tahlikali zamonlar” (1997) kitoblarini oʻzbek tiliga tarjima qildi.

Istiqlol yillarida u Mustaqilligimiz uchun kurashganlar, Stalin qatagʻoni qurbonlari haqida koʻplab ocherklar, hujjatli qissalar, axloq-odob mavzuida maqolalar yozdi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Alinazar Egamnazarov 2003 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Mustaqilligimizning 20 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi eʼlon qilgan “Vatan uchun yashaylik” tanlovida “Ovloqdan soʻng” kitobi uchun gʻolib deb topilgan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.