Abdunabi Hamro (1961)

0
204
marta koʻrilgan.

Abdunabi Hamro 1961 yilning 25 noyabrida Buxoro viloyatining Olot tumanida tugʻildi. Toshkent Madaniyat institutida tahsil oldi. Olot tuman madaniyat boʻlimi markaziy madaniyat uyi uslubshunosi (1984–1986), Guliston qishloq madaniyat uyi direktori (1986–1990), “Yangi hayot” tuman gazetasi xodimi (1990–1993), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati boʻlimi adabiy maslahatchisi (1993–1996), Olot tuman Bolalar va oʻsmirlar tarbiyaviy ishlari markazi toʻgarak rahbari (1996–1999), Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi muharriri, viloyat radiosi bosh muharriri lavozimlarida (2001–2006) xizmat qildi. 2006 yildan “Olot hayoti” tuman gazetasi boʻlim mudiri vazifasida ishlab keladi.

Abdunabi Hamroning “Xiyonat” nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1993 yilda nashr etildi. Shundan soʻng uning “Oq alvasti” (1994), “Otam aytgan qoʻshiqlar” (2001), “Yirtqich” (2003), “Unutilgan qoʻshiq” (2005), “Olis manzillar sari” (2006), “Bolalikka sayohat” (2007), “Qishda ochilgan gul” (2008), “Vaqt daryosi” (2009), “Obi hayot yoʻli” (2010), “Xazinatoparlar” (2011), “Kurashib yashayman” (2011), “Daryoni yetaklagan oʻgʻlon” (2012), “Oltin darvozali yurt” (2012), “Sehrli soʻz” (2013), “Otadan qolgan yodgorlik” (2014), “Yillar va taqdirlar” (2014), “Ruhiyat ranglari” (2015), “Marhumlikka nomzodlar” (2015) kabi qissa, hikoya va sheʼrlar hamda ocherklar kitoblari dunyoga keldi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.