Abdumajid Azim (1957)

0
101
marta koʻrilgan.

Abdumajid Azim 1957 yilning 26 noyabrida Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanidagi Elboyon qishlogʻida tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1973–1978). Muhnat faoliyatini Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida musahhihlikdan boshlab (1983–1985), keyinchalik “Oltinsoy tongi” tuman gazetasi masʼul kotibi (1985–1987), “Toshkent haqiqati” gazetasi musahhihi (1987–1989), “Guliston” jurnali boʻlim muharriri (1989–1991), Oʻzbekiston Axborot agentligi boʻlim mudiri (1991–1993), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Maʼnaviyat” tahririyati boʻlim mudiri (1993–1996), “Turkiston-press” NAA Respublika axborot tahririyati bosh muharriri (1999–2004), “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi “Mohiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri (2004–2012), “Oila va jamiyat” gazetasi bosh muharriri (2012–2013) vazifalarida xizmat qildi. 2013 yildan “Hurriyat” gazetasida masʼul kotib vazifasida ishlab keladi.

Abdumajid Azim “Yoshlik” jurnalida eʼlon qilingan dastlabki sheʼrlar turkumi bilan (1980) adabiy jamoatchilik, sheʼriyat muxlislari eʼtiboriga tushdi. “Oʻtayotgan yillar” nomli birinchi kitobi 1986 yilda nashr etildi. Shundan soʻng “Qalbimning vatani” (1990), “Quyosh bolasi” (1991), “Yorugʻlik odami” (2007), “Ruhi ravonim” (2013), “Oshiq dilim” (2015), “Umid belanchagi” (2016) kabi sheʼriy toʻplamlarini eʼlon qildi. Tarjimon sifatida Meksika, Ispaniya va rus shoirlari sheʼrlaridan namunalarni ona tilimizga oʻgirdi.

Abdumajid Azim “Shuhrat” medali (2001) hamda “Doʻstlik” ordeni(2010) bilan taqdirlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.